Mudofaa vazirligiga qaraşli Toşkent viloyatidagi harbiy qismlardan birida «Obektda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar hamda terrorçilik va yonğin sodir bölganda korxona ma'muriyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari» mavzusida maxsus-taktik öquvi ötkazildi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Öquvda Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qöriqlaş qöşinlari qömondonligi harbiy xizmatçilari, «Örta Çirçiq GES Kaskadi» unitar korxonasi, Toşkent viloyati va Böstonliq tumani FVB hamda Böstonliq tumani IIO xodimlari iştirok etdi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Rejaga asosan harbiy qism ofitserlar tarkibi bilan hafta davomida alohida va birgalikdagi qömondonlik-ştab tayyorgarligi maşğulotlari ötkazildi. Jangovar harakatlar öyin xaritasi çizilib, maşğulotda foydalaniş uçun tayyorlandi. Maxsus-taktik öquv ikki bosqiçda amalga oşirildi.

Maşğulot ğoyasiga köra, şartli duşman jangarilari yengil avtomobilda Toşkent—Sijjak yölidagi Çirçiq daryosida joylaşgan köprikka qurolli hujum uyuştirdi. Hujum köprikni qöriqlayotgan harbiy xizmatçilar tomonidan qaytarilib, şartli duşmanga talofat yetkaziladi. 

Maşq davomida rejalaştirilgan barça öquv savollar amalda bajarildi. Harbiy xizmatçilar kerakli könikma hosil qildi. Bölinma komandirlari jang mobaynida böysunuvçilarni boşqariş könikmalarini takomillaştirdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati