Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida IIV rahbariyati va mas'ul mutasaddilari iştirokida OAV xodimlari bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Jurnalistlar kunduzi çiroq yoqib harakatlaniş oqibatida avtomobillarda yonğin kelib çiqayotgani haqidagi xabarlar qançalik asosli ekanini söradi.
“Biz bunday holatlarni Yonğin xavfsizligi boşqarmasi vakillari bilan hamkorlikda örganamiz, – dedi IIV Yöl harakati Boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Erali Bozorov. – Kunduzi çiroq yoqib yurilişi tufayli avtomobillar yonib ketgani haqida bizda birorta holat qayd etilmagan. Bu haqda bizga Yonğin xavfsizligi boşqarmasi tomonidan rasmiy ma'lumot berilgan. Menimça, transport vositasida kelib çiqqan yonğin sabablarini uning çiroqlariga boğlaş töğri bölmaydi”.
Xususiy telekanallardan birining muxbiri quyidagiça savol berdi:
“Kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib harakatlanmaganlarga jarima tayinlandi, – dedi jurnalist. – Umuman, belgilangan tartibga amal qilmaganlik uçun jazo çoralari kundan-kunga qat'iylaşib bormayaptimi? Bunday jarimalar davlat ğaznasini qoplaş uçun öylab topilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda gap-sözlar köpaymoqda, fuqarolar noroziligi avj olmoqda. IIV tizimida aholi bilan muloqot, murojaat va arzlar bilan işlaş qanday yölga qöyilgan? Kelib tuşayotgan şikoyatlar asosan qaysi mavzuda?”
Yöl harakati Boş boşqarmasi boşliğining örinbosari murojaatlar monitoringi olib borilişi, biroq hozir yonida ularning soni va tasniflanişi böyiça aniq statistik ma'lumotlar yöqligini bildirdi.
“Şikoyatlar soni ötgan yilgi körsatkiçga nisbatan kamaygan, – dedi Erali Bozorov. – Buning sababi tizimda kadrlar bilimini oşirişga qaratilayotgan e'tiborda, deb öylayman. Çunki malakasiz va bilimsiz kadrlar tufayli sohadagi muammolar vaqtida yeçilmay qolaveradi, bu esa şikoyatlarni keltirib çiqaradi. Jarimalar nega joriy qilinadi? Pul topiş uçun emas! Maqsad bitta – haydovçilarning yöl harakati qoidalariga amal qilişini ta'minlaş, yöl-transport hodisalarining oldini oliş”.


















