Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan». Prezident Suriyadan qaytarilganlar haqida gapirdi
Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbari Suriyadan qaytarilganlar haqida gapirgan.
«Mana, 156 nafar yurtdoshimizni Yaqin Sharqda urush bo‘layotgan joydan olib keldik. Xo‘sh, ular nima uchun ketgan? Ahvolimiz xarob bo‘lgani uchun, sharoit bo‘lmagani uchun ketgan. Lekin u yerda nima bo‘ldi? Xotin-qizlarimizni sotishdi, besh bola besh otadan, 14 yoshli qiz tuqqan. Shu holat bizga yarashadimi?
Men konstitutsiyaga ko‘ra, ularga chora ko‘rishim kerak, aslida. Lekin men unday qilmayman. Chunki, ular o‘zbek, bizning Vatandoshlarimiz!..
Ularni Vatanga olib kelish juda qiyin bo‘ldi. Qancha davlatlar bilan gaplashdik. Samolyotni u yoqqa qo‘ndirish, terroristlarning qo‘lidan olib chiqish oson emas. Lekin qaytardik - nima bo‘lgandayam ular bizning vatandoshimiz. Endi nima qilish kerak? Nuroniylar, jamoatchilik qayoqqa qarayapti? Kim buni tushuntiradi? Bunday narsalar hammamizni o‘ylantirishi, qiynashi kerak», - deydi prezident.
Joriy yilning 30 may kuni «Mehr» operatsiyasi doirasida 156 nafar fuqarolar, xususan ulardan 48 nafar ayol, 107 nafar bola Suriya shimolidagi kurdlar lageridan O‘zbekistonga qaytarildi. Ular Toshkent viloyatidagi sanatoriyga joylashtirildi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
11:20 / 22.06.2026