Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oliy Majlis, Qişloq xöjaligi vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi mutasaddilari hamda deputatlar iştirokida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.
Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Uruğçilikni rivojlantiriş markazi direktori örinbosari Rafiqjon Habiyev 2018 yil aprel oyiga qadar Özbekistonda paxta va ğalladan boşqa qişloq xöjaligi ekinlarida uruğçilik tizimi mavjud bölmaganini bildirdi.

Rafiqjon Habiyev:
«Şu paytgaça tadbirkorlar, işbilarmonlar uruğçilik bilan şuğullanib kelişardi. Prezidentimizning farmonlari bilan Uruğçilikni rivojlantiriş markazi taşkil etildi. Markaz hozirda nafaqat paxta, ğalla, balki sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari uruğlarini tizimli ravişda yetiştiradi. Nafaqat içki, mahalliy bozorga, xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Issiqxonalar uçun pomidor va bodring navlari asosan çetdan kirib kelyapti. Lekin özimizda ham uruğçilikning mahalliy seleksiya işlari yölga qöyilgan.
Davlat soliq qömitasi, Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda barça hujjatlarni kötarib örganganimizda Özbekistonga oxirgi uç yilda çetdan 140 tonna uruğ kirib kelgani ma'lum böldi.
Biroq bu butun dunyoda mavjud amaliyot, heç qaysi davlat 100 foiz özi uruğ işlab çiqarmaydi, almaşiş jarayoni böladi.
Bozorlarimizda uruğlarning sifati pastligiga nazoratning va sohaga mas'ul vakolatli taşkilotning yöqligi sabab bölgan. Ilgari istagan odam uruğ yetiştiraverardi, uning sifati uçun kafolat bermasdi. Tadbirkor şu uruğni olib, bozorçiga berardi, sotuvçi esa uni sotaverardi.
«Uruğçilik töğrisida»gi qonunga asosan, Agroinspeksiyaga respublikamizda uruğ yetiştiruvçi, sotuvçi kim va qanday taşkilot bölsa, barçasini nazorat qiliş vakolati berildi».

















