Qozoğistonda 15 yil içida quvurlar 100 foiz almaştiriladi, deb ma'lum qildi Qozoğiston sanoat va infrastruktura vazirining birinçi örinbosari Kairbek Uskenbayev.

«Biz 15 yil içida barça suv quvurlarini almaştirişimiz lozim. Budjet dasturiga köra, har uç yilda 20% quvur yangilanadi. Şu tarzda 15 yil içida 100% quvurlarni yangilaymiz. Quvurning xizmat körsatiş muddati 30 yil», — dedi Uskenbayev.

Vazir örinbosarining sözlariga köra, Nur-Sulton, Almati va Çimkent şaharlari böyiça maxsus dastur işlab çiqilgan bölib, uning doirasida şahar atrofidagi aholi maskanlarini sifatli içimlik suvi bilan ta'minlaş uçun har yili 30 mlrd tenge (78 mln dollar) ajratiladi.