Özbekistonda Ramazon hayiti 5 iyun kuni deb e'lon qilingan. Musulmonlar idorasining hayit namozi öqiladigan vaqtlari bildirib ötildi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ramazon hayitini nişonlaş töğrisidagi qarorni imzoladi.
Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya kabi davlatlarda Ramazon hayiti ertaga — 4 iyun kuni nişonlanişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Öz-özidan, bu kabi davlatlarda Ramazon oyi rözasi 29 kun tutilib, Şavvol oyiga ötilmoqda.
Hamyurtlarimiz orasida «hayit kuni biz ham röza tutmasak böladimi yoki rözani 30 kun tutişimiz kerakmi?» kabi ixtilofli savollar paydo bölmoqda. Şu sababli Özbekiston Musulmonlari idorasi raisining örinbosari şayx Abdulaziz Mansur Kun.uz muxbirining bu boradagi savollariga javob qaytardi.
«Bismillahir rohmanir rohiym.
Saudiya Arabistonida ertaga hayit deb e'lon qilinganidan köpçilik xabar topdi. Biz Özbekistonda ertadan keyin — 5 iyunda hayit bölişini e'lon qilganmiz.
«Saudiya Arabistoni bilan bir kun farq qilayapti. Buni qanday tuşuniş kerak?» degan savollar paydo bölişi tabiiy.
Bu holni töğri tuşuniş kerak, çunki bu birinçi bor röy bermayapti. Saudiya Arabistoni va bizning mintaqamiz — jumladan, Özbekistonga qöşni respublikalar hayit kunlarini yoki Ramazon oyining birinçi kunini belgilaş masalalarida kamdan-kam holatda bir xillik kuzatiladi. Çunki har bir joyda hilolning körinişi, ob-havosi har xil.
Payğambarimiz (sallolohu alayhi va sallam) hadisi şariflarida ertaga boşlanadigan oyning hiloli bugun şomdan keyin körinişiga nisbat berib, «öşa hilolni körib rözani boşlanglar, rözaning oxirida ham Şavvol oyining hilolini körib hayit qilinglar», deganlar. Butun Islom olamida mana şu hadisga amal qilib kelinadi. Şularning qatorida bizning yurtimizda ham, qöşni respublikalarda ham.
Lekin bitta farqi borki, bizga nisbatan ğarbroqda va issiq mintaqada joylaşgan Saudiya Arabistonida quyoş botganidan söng hilolning körinişi yaqqol namoyon böladi, ya'ni ufq kamdan-kam bulutli böladi va hilolni köriş mumkin böladi. Şuning uçun hilol köringaç, ramazonning bir kuni Şa'bon oyiga ötkazilib, röza 29 kun tutilaveradi.

















