12 may kuni BAAning suv hududlarida hujumga uçragan 4 ta tanker ğavvoslar yordamida örnatilgan minalar yordamida portlatilgan. Bu haqda BAA, Saudiya Arabistoni va Norvegiya tomonidan bu hujumlarning tergovi natijalariga köra BMT Xavfsizlik kengaşida taqdim qilingan maktubda aytilgan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Maktubda hujum ortida qaysi davlat fuqarolari turgani körsatilmagan, biroq hujum vaqtida suv ostida kema sirtiga örnatiladigan dengiz minalari qöllangani ta'kidlab ötilgan. Taxmin qilinişiça, minalarni yaxşi örgatilgan ğavvoslar örnatgan. Ular kemalar yoniga tezyurar katerlarda borgan.
Uç davlat vakillari hujum özidan yaxşi taşkillaştirilgan operatsiyani aks ettirgani va şu sababli jiddiy tayyorgarlikni talab qilganini ta'kidlab ötişgan. “Tergov hali yakunlanmagan, biroq bu faktlar tankerlarga 4 ta hujum katta imkoniyatlarga ega sub'yekt tomonidan amalga oşirilgan mohirona va yaxşi muvofiqlaştirilgan operatsiyaning bir qismi ekanining isboti hisoblanadi. Bu hujumlar davlatga qaraşli sub'yekt tomonidan amalga oşirilganining ehtimoli yuqori”, deyilgan maktubda.
BAA taşqi işlar vazirligi 12 may kuni Al-Fujayra portida 4 ta savdo kemasiga qarşi qöporuvçilik amalga oşirilganini ma'lum qilgandi. Keyinroq “Blumberg” agentligi BAA hukumatidagi manbalarga tayanib Saudiya Arabistonining Bahri kompaniyasiga tegişli Amjad va Al Marzoqah tankerlari, Norvegiya bayroği ostida suzuvçi Andrea Victory tankeri va BAAda röyxatga olingan A.Michel kemasi hujumga uçraganini xabar qilgan.
Arab podşohliklari boşqa köplab davlatlar kabi bu xatti-harakatlarni qoralaşgan va bunday hujumlar kemaçilikka va neft yetkazilişiga xavf solişini ta'kidlab ötişgan. Saudiya Arabistoni va AQŞda uşbu qöporuvçiliklarga Eron aloqador bölişi mumkinligi aytilgan.













