13 yoşidayoq jahonning eng yoş grossmeysteri sifatida tarix sahifalariga muhrlangan Nodirbek Abdusattorov Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasi kursantlari uçun mahorat darsini ötdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, avvaliga şaxmatçi va kursantlar örtasida davra suhbati ötkazilib, kursantlar Nodirbekning faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega böldilar.
Şundan söng yoş grossmeyster kursantlar bilan dona surdi. Professional şaxmatçi öz tajribasini namoyon etib, yiğilganlar e'tirofiga sazovor böldi.

“Nodirbek şaxmat böyiça jahon çempioni. FIDE ustasi. 2012 yil Sloveniyada ötkazilgan jahon çempionatida va 2014 yil Toşkent şahrida ötkazilgan Osiyo çempionatida oltin medal bilan taqdirlangan. 2017 yil xalqaro turnirda uçinçi bor xalqaro grossmeyster talabini bajardi. Iqtidorli yoş sportçining bu muvaffaqiyati jahon şaxmat olami tarixida ikkinçi natija, deya e'tirof etildi”, — deydi Nodirbekning murabbiyi, xalqaro grossmeyster Saidali Yöldoşev.
Nodirbekning opasi Bahora ham şaxmatda köp yutuqlarga erişgan. Bahora bir neça marta şaxmat böyiça ötkazilgan respublika va jahon çempionatlarida qatnaşib, faxrli örinlarni egallagan.

Nodirbek va Bahoraning otasi zaxiradagi podpolkovnik Fazliddin Oçilov böladi. Fazliddin Oçilov ayni vaqtda Qurolli Kuçlar akademiyasida öqituvçi sifatida faoliyat yuritmoqda.












