Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkaziş böyiça işlar samaradorligini oşiriş maqsadida “Qonunçilikdagi yangiliklar” nomli matbuot anjumani taşkil etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, soha mutaxassislari iştirokida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi “Yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 460-son qarori böyiça matbuot anjumani ötkazilmoqda.
IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xodimi, mayor Azizxon Murodovning sözlariga köra, kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarni yoqib harakatlaniş böyiça ma'muriy bayonnoma tuzilgan va tölov amalga oşirilgan jarimalar qaytarilmaydi.
Qöşimça qilinişiça, bayonnoma rasmiylaştirilgan, ammo tölaşga ulgurmagan haydovçilar uçun bu bayonnoma bekor qilinadi.
Eslatib ötamiz, qarorga köra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunning yoruğ vaqtida yaqinni yorituvçi çiroqlarini yoki kunduzgi signal çiroqlarini yoqib harakatlanişi şartligi böyiça talab avtomatik yonib turuvçi kunduzgi signal çiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


















