Roğun GESning ikkinçi agregati test rejimida, ya'ni elektr energiyasini işlab çiqarmaydigan holda işga tuşirildi. Bu haqda «Ozodi» xabar bermoqda.
«Aziya-Plyus» agentligining 7 iyun kuni hukumatdagi manbasiga tayanib xabar berişiça, «ikkinçi agregat past quvvatda işga tuşadi» hamda ikkinçi agregatning rasmiy ravişda işga tuşirilişi böyiça aniq sana hali ma'lum emas.
Roğun GESning ikkita agregati vaqtinça işga tuşirilişi va 2021 yilgaça elektr energiyasini işlab çiqarişi kerak, şundan söng ular rejalaştirilgan tarzda almaştiriladi.
GESning birinçi agregati 2018 yil 16 noyabrda rasmiy ravişda işga tuşirildi, ammo joriy yilning mart oyida töxtatildi hamda hukumat bir neça haftalik sukutdan söng «suv omboridagi suv tuşirib yuborilgani» haqidagi miş-mişni tasdiqladi. Amaldorlarning sözlariga köra, suv «profilaktika işlarini ötkaziş va GES birinçi agregati holatini tekşiriş uçun» tuşirilgan.
Bu vaziyat joriy yil aprel oyida işga tuşirilişi kerak bölgan GESning ikkinçi agregati böyiça muddatlarga ta'sir körsatdi.
Bundan oldin, Roğun GESda ta'mirlaş işlaridan keyin suv omborini töldiriş boşlangani xabar qilingandi.

















