Professional boksning super yengil vazn toifasida ringga çiqayotgan Şohjahon Ergaşev (17-0, 15 KO) 9 iyun kuni navbatdagi jangini ötkazdi.
Moskva şahrida bölib ötgan boks keçasida özbekistonlik boksçi prof ringdagi 17-jangini rossiyalik Maksim Çurbanovga qarşi ötkazib, 6 raundga möljallangan bahsning uçinçi raundida raqibini nokautga uçratdi.
GoSport.uz internet-naşri oldinroq Şohjahon Ergaşevning öziga tayanib, u iyun oyida puerto-rikalik Danielito Zorrilyaga (11-0, 9 KO) qarşi ringga çiqişi haqida xabar bergandi. Keyinroq, bu ma'lumot yolğon bölib çiqdi. Ma'lum qilinişiça, Şohjahon Ergaşev jang keçasi uçun çiqarilgan çiptalarni eng qimmatini 50 dollardan sotişga ulgurgandi.
Olamsport.com naşri ma'lumotiga köra, Zorrilya betob bölib qolgani bois Moskvaga yetib kela olmagan.
Ma'lumot uçun, 32 yoşli Maksim Çurbanov faoliyati davomida jami 14ta jang ötkazgan. Hisobida 8 ğalaba, 4 mağlubiyat va bir durang bor edi. U Ergaşevga qarşi jangda faoliyatidagi beşinçi mağlubiyatini qabul qilib oldi.

















