Tötiquşlar eng aqlli jonivor hisoblanmasligi va hatto quşlar orasida ham eng birinçi örinlarni egallamaganiga qaramay, faunaning söz va hatto jumlalarni talaffuz eta oladigan yagona vakili sanaladi. Bundan taşqari, bir neça marta qayd etilganidek, ayrim tötiquşlarning nutqi – nafaqat odamning gapini kör-körona takrorlaş, balki ongli sözlar töplami hamdir. Biroq ular tovuşlarni qanday qilib talaffuz qiladi, qaysi organlar hisobiga gaplaşa oladi?

Sir emaski, maxsus usullarda bir neça yillar davomida örgatiladigan, hatto, eng yetuk jonivorlar ham ayrim imo-işoralar tilini özlaştira oladi xolos. Odamlarga fiziologik jihatdan yaqinligiga qaramay, heç bir jonivor bir neça sözdan nari ötolmagan.
Mutaxassislar tötiquşlarning nutq borasidagi qobiliyatiga bir neça omil ta'sir qilganligini aytişadi. Dastlab bu tötiquşlarning öziga xos yöğon tili tufayli yuz beradi deb hisoblangan. Biroq aniqlanişiça, bunday til faqat tötiquşlardagina mavjud emas. Mazkur ğaroyib qobiliyat tötiquşlarda kekirdak tuzilişi va böğiz muşaklari, şuningdek, miyaning manglay qismi rivojlangani bilan boğliq.
Amaliyot şuni körsatadiki, tötiquşlarning hamma turi ham inson nutqini takrorlay olmaydi. Ularning orasida kakadu va boşqa turlar fiziologik öziga xosliklari bilan birga yuqori intellektga ham ega. Olimlarning fikriga köra, aynan şu holat, bir neça turdagi tötiquşlar odam nutqini takrorlaş qobiliyatiga egaligiga sabab bölgan.















