Istanbulning deyarli barça tumanlarida halqali tötiquşlarning katta koloniyalari vujudga kelib, ular qarğalar, olmaxonlar va körşapalaklarning inlari va yaşaş joylarini egallab olmoqda. Bu haqda istanbullik biologlarga tayanib Hurriyet naşri xabar berdi. 

Odatda Janubiy Osiyo va Şarqiy Afrikada yaşovçi bu turdagi tötiquşlar Istanbulda 1996 yildan köpaya boşlagan. Öşanda şaharning Beyköz tumanida uşbu turdagi tötiquşlarni olib ketayotgan avtomobil ağdarilib ketgan. Tötiquşlar yöl-transport hodisasi vaqtida har tomonga tarqalib ketib, megapolisda yaşab ketgan. Dastlab ular Ayo Sofiya ibodatxonasi va Yildiz saroyi yonidagi Gulxona boğini egallagan, biroq oxirgi vaqtda ular köpayib, şaharning boşqa tumanlarida örnaşa boşlagan. 

“5 yil avvalgina tötiquşlar bir neça yuztani taşkil qilardi, hozirda ular soni 6 mingga yetgan”, deb ta'kidlaşmoqda biologlar. 

Şu bilan birga, uşbu tötiquşlar butun mamlakat böylab yoyila boşlagan – hozirda Turkiyada 10 mingga yaqin şu turdagi tötiquş mavjud. Istanbuldan taşqari, ularni Izmirda ham köplab uçratiş mumkin.  

Tropik quşlarning bunday köpayib ketişiga Istanbulning yumşoq iqlimi va ozuqaning köpligi turtki bölgan. Uşbu tötiquşlar uçun 15 daraja harorat qulay hisoblanadi.

E'tiborlisi, XXI asr boşidan halqali tötiquşlar Yevropa böylab jadal tarqala boşlagan, vaholanki 30-40 yil avval ular faqat özlari uçun odatiy muhitda yaşagan.