Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston sobiq prezidenti soxta hisobraqamlar ishi bo‘yicha hibsga olindi
Pokiston huquqni muhofaza qilish organlari soxta bank hisobraqamlaridan foydalanishda gumon qilib mamlakat sobiq prezidenti Asif Ali Zardoriyni hibsga oldi, deb xabar berdi Geo TV telekanali.
Sobiq prezident Pokistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ vazifasini bajaruvchi milliy nazorat-hisob byurosi xodimlari tomonidan hibsga olingan. Operatsiyaga shuningdek, Zardoriyning Islomoboddagi uyini qurshab olish uchun ko‘p sonli politsiyachilar jalb etilgan.
Zardoriy 2008 yildan 2013 yilgacha Pokiston prezidenti bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i 2007 yilda xudkush hujumi oqibatida halok bo‘lgan Benazir Bxutto (ikki marta mamlakat bosh vaziri bo‘lgan) edi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026