Toşkent şahridagi Puçon Universiteti, bir yil oldin özining 60 yilligini nişonlagan Janubiy Koreyadagi Puçon Universiteti (Bucheon University)ning filiali hisoblanadi. Toşkentda BUT 2018 yilda oçildi. Ilk qabul qilingan talabalar birinçi öquv yilini yakunlaşmoqda. 

Professor va öqituvçilarning asosiy tarkibi Puçon Universiteti (Koreya Respublikasi) va Özbekiston Respublikasining yetuk mutaxassislaridan taşkil topgan. Universitetda öqiş koreys ta’lim tizimiga asoslangan va öquv dasturi Puçon Universitetidan (Koreya) olingan.

2019 yil 10 iyundan Toşkent şahridagi Puçon Universiteti (BUT) 2019-2020 öquv yili uçun abituriyentlarning 2-qabuli boşlanadi va 2019 yil 5 iyulgaça davom etadi.

Fakultetlar va öquv tizimlari:

Maktabgaça ta’lim (3+1) – Kunduzgi va keçki. 

1. BUT da 3 yillik ta’lim oliş, uni yakunlagandan söng BUT bakalavr diplomi beriladi.

2. Törtinçi kurs – Puçon universitetida (Koreya Respublikasi) böladi. Öqişni muvaffaqiyatli yakunlagandan söng Puçon Universiteti (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi.

Koreys tili va menejmenti (2+2) 

1. BUT da 2 yillik ta’lim oliş ikkita diplom bilan yakunlanadi: Associate bachelor degree BUT (mutaxassis bakalavr diplomi) va Puçon Universiteti (Koreya Respublikasi) Associate bachelor degree diplomi beriladi.  

2.1. Agar talaba öqişni keyingi ikki kursini Toşkentda davom ettirmoqçi bölsa, öqişni muvaffaqiyatli tugallaganidan keyin BUT bakalavr diplomi beriladi.

2.2. Agar talaba öqişni keyingi ikki kursini Janubiy Koreyadagi Puçon Universitetida davom ettirmoqçi bölsa, öqişni muvaffaqiyatli tugatganidan söng Puçon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.