Abituriyentlar 2021 yil 25 iyungaça “Maktabgaça ta’lim”, “Koreys tili va menejment”, “Arxitektura” fakultetlariga hujjat topşirişlari mumkin. “Maktabgaça ta’lim” va “Arxitektura” fakultetlarida ta’lim oliş öquv yili uçun mos ravişda 2,200 va 3,300 AQŞ dollarini taşkil etadi hamda 3+1 tizimiga muvofiq olib boriladi, bunda talabalar xohişlariga köra öqişni Koreya Respublikasida yakunlaşi mumkin. “Koreys tili va menejment” fakultetida 2+2 tizimi qabul qilingan, ta’lim esa yiliga 3,300 AQŞ dollarini taşkil etadi.

Arizalar Toşkent şahri, Çilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2 köçasi, 38A-uy manzilida şaxsan qabul qilinadi. Qabul vaqti – duşanbadan jumagaça, soat 10:00 dan 17:00 gaça.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlar töplamini taqdim etişlari zarur:
1. Diplom (attestat) nusxasi yoki öqiş joyidan ma’lumotnoma;
2. Pasport nusxasi;
3. bucheon.uz/uz'da töldirilgan onlayn ariza;
4. Rasm 3x4;
5. 250 000 söm miqdorida röyxatdan ötiş badali.
Şuningdek, xohlovçilar hujjatlarni onlayn tarzda ham topşirişlari mumkin. Yuborilgan hujjatlarni qayta işlaş duşanbadan jumagaça, soat 10:00 dan 17:00 gaça amalga oşiriladi.

Onlayn ariza topşiriş uçun quyidagilarni bajariş zarur:
- Universitet saytida bucheon.uz/uz telefon raqam tekşiruvidan ötiş;
- Şaxsiy kabinetingizda arizani töldiriş va yuqorida sanab ötilgan barça kerakli hujjatlarni ilova qiliş;
- Röyxatdan ötiş badalini bank, «Apelsin» dasturi orqali yoki universitetning özida tölaş;
- Şaxsiy kabinetingizda tölov kvitansiyasini ilova qiliş.
Universitet xodimlari tomonidan abituriyentga muvaffaqiyatli röyxatdan ötganligi töğrisida xabar beriladi.



















