Özbekiston Respublikasi prezidentining “Toşkent şahrida Puçon universitetini taşkil etiş töğrisida” 2018 yil 2 iyuldagi PQ-3821-son qaroriga asosan Toşkent şahridagi Puçon universiteti taşkil etildi. Toşkent şahridagi Puçon universitetiga 2018/2019 öquv yilida kunduzgi ta'lim turining bakalavr bosqiçiga 240 nafar “Maktabgaça ta'lim”, 60 nafar “Koreys tili” yönalişlariga, keçki ta'lim turining bakalavr bosqiçiga 240 nafar talaba qabul qiliş rejalaştirilgan.

Joriy yilning 25 iyul kuniga qadar Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bazasida hujjatlar qabul qilinib, kunduzgi “Maktabgaça ta'lim” yönalişi böyiça 1200 nafar, “Koreys tili” yönalişi böyiça 408 nafar, keçki “Maktabgaça ta'lim” yönalişi böyiça 540 nafar abituriyentlar hujjat topşirdi.

Mazkur universitetga ilk marotaba qabul jarayoni mamlakatda amalga oşirilayotgan ta'lim islohotlariga mos ravişda adolatli, oşkora va şaffof holda 2018 yil 29 iyul kuni katta siğimdagi binolarga ega bölgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Oliy ta'lim muassasalararo sport majmuasida test sinovi taşkil etiladi.

Kiriş imtihonlarining birinçi bosqiçi hisoblangan test sinovi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegişli kompleksi nazorati ostida, Koreya Respublikasining Puçon universiteti rahbarlari va vakillari, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi, Içki işlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan taşkil etiladi. 

Test sinovi javob varaqalarini maxfiyligini ta'minlangan holda Koreya Respublikasiga Puçon universitetiga olib borib tekşiriladi hamda test sinovi natijalari joriy yilning 1 avgust kuni e'lon qilinadi.

Kiriş imtihonlarining ikkinçi bosqiçi suhbat jarayoni Koreya Respublikasining Puçon universiteti professor-öqituvçilari tomonidan Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti bazasida joriy yilning 16, 17, 18 avgust kunlari taşkil etiladi. Suhbat natijalari va kiriş imtihonlarining yakuniy natijalari Koreya Respublikasining Puçon universiteti, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan joriy yilning 20 avgust kuni e'lon qilinadi.