10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda qator OAV vakillari mutasaddilarga özlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Tadbirda iştirok etgan «Xazina kaliti» gazetasi muharrriri va «Qatortol» mahalla fuqarolar yiğini raisi Parda Ergaşev söz oldi va quyidagi taklifni bildirdi:

– Men raislik qilayotgan mahallada 5 500 nafar aholi mavjud. Bundan taşqari hisob-kitob qilib körsak, 2 800 nafardan ortiq ijarada yaşovçilar borligi aniqlandi. Biz ularning aksariyatini tanimaymiz, u uylarga kim kirib çiqayotganini bilmaymiz. Şuning uçun menda bir taklif bor – mahalladan ma'lumotnomalar beriş amaliyotini qayta tiklaş kerak. Şunda hudud aholisi va mahalla örtasida aloqa böladi. Bundan taşqari ijara şartnomalarini ham uç tomonlama qiliş, ya'ni uçastka noziri röyxatidan ham ötkazişni yölga qöyiş kerak.