Oldinga ötib bir narsani aytib ötay bu maqolani yozişdan köra, yozmaslikka köproq harakat qilgandim. Taxminan bir yilça oldin şunday maqola yoziş ğoyasi tuğilgan bölsa-da, doim bu fikrdan qaytişga uringanman. Çunki barça öylaganlarim xato bölib çiqişini istardim. Afsuski, har safar aksinça bölib çiqaverdi. Sönggisi ötgan hafta oxirida sodir böldi.

2016 yilgi Rio olimpiadasi özbek boksi uçun butunlay yangi davrni boşlab berdi desak yanglişmagan bölamiz. Öşa avgust Özbekistonda birinçi raqamli sport turi qaysi degan savolni ham örtaga çiqargandi. Boksga bölgan qiziqiş keskin ravişda oşgandi. Özbek boksçilariga bölgan e'tibor ham xuddi şu darajada ösgandi. Aynan öşa pallalarda özbek professional boksida yangi nom — Şohjahon Ergaşev paydo böldi. Avvaliga «17 yoşli nokautçi» nomi bilan internetda dong taratgan bu boksçi köpçilikning oğziga tuşdi. Öşandan keyin bu sportçi haqida ma'lumot töplaş niyatida internet orqali qidiruvlar berdim. Boksçilarning statistikalari, barça natijalari haqida töliq ma'lumotni topiş mumkin bölgan Boxrec portali orqali uning yoşi (öşa vaqtda Ergaşev 25 yoşda edi) kattaroq ekani, Rossiyada janglarda iştirok etişini aniqladim. Bu orada özbek sport naşrlari u haqida bot-bot yoza boşlagandi. Öşanda e'tibor qaratganim, negadir Şohjahonning öziga tayanib matbuotda uning janglari soni bittaga köpaytirib berilar, ammo Boxrecʼda bu körsatkiç bitta kam çiqardi. Agar rostdan qiziqsangiz, eski arxivdagi xabarlarini bir izlab köring: masalan Şohjahonning nisbatan jiddiyroq ilk jangi - Sonni Fredriksonga (21-1, 14 KO) qarşi jang uning faoliyatidagi 11-jangi bölgan. Lekin deyarli hamma xabarlarda bu 12-jang sifatida körsatilgandi.

Keyingi ham xuddi şunday sanoqda davom etgan. Faqat Maykal Foksga qarşi janggaça. Işi faqat ğalabani yoziş, bevosita aloqador bölmasa ham professional boksdagi ğalabalarni (albatta mağlubiyat yozilmaydi) doim yoritib boradigan Milliy olimpiya qömitasi rasmiy saytidagi Şohjahon haqidagi xabarlarni öqib köring. Hammasida şunaqa - albatta bitta jang köpaytirib körsatib kelingan. Yuqorida aytganimdek, Foks bilan jangdan keyin negadir hisob-kitoblar töğri bölib qoldi.

Qisqasi mana şu holat boşida menga biroz ğalati köringandi. Texnik xatodir, aldaşmayotgandir deb köpam e'tibor bermadim. Ammo Şohjahonning keyingi faoliyati haqidagi xabarlar borgan sari ğalatilaşib boraverdi. Ehhe, u haqda qanday xabarlar çiqmadi deysiz, uning qöli sinsayam, ringga çiqqani haqida yozişdi, Moskvadagi janglari asosiy sport kanali «Matç TV», «Boks Tv» kanallari orqali namoyiş etilişini yozişdi.