Pokiston hukumati Hindiston boş vaziri Narendra Modi Bişkekda bölib ötadigan ŞHT sammitiga borişi uçun öz havo hududini oçişga qaror qildi. Bu haqda PTI agentligi xabar berdi.

ŞHTning navbatdagi sammiti 13-14 iyun kunlari Qirğiziston poytaxtida bölib ötadi. Xabar qilinişiça, mazkur sammit doirasida Hindiston va Pokiston yetakçilarining yuzma-yuz uçraşuv ötkazişlari rejalaştirilmagan.

Ayni paytda ikki davlat örtasidagi munosabatlar 14 fevralda Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatida hind harbiylariga qilingan hujum sababli keskinlaşgan. Öşa kungi hujumda 45 kişi halok bölgandi.