AQŞning Merilend universitetidan Lyanbin Xu boşçiligidagi tadqiqotçilar jamoasi binolarni passiv, ya'ni elektr energiyasiz sovitişga möljallangan yoğoç turini yaratdi. 

Olimlar yoğoçni oppoq rangdagi materialga aylantirişgan, u nafaqat nurni qaytaradi, balki issiqlikni taşqariga çiqarib, binoni sovitadi. 

Agar bunday material bilan tom va taşqi devorlar qoplansa, unda binodagi havoni sovitiş uçun elektr iste'moli 20-60 foizga kamayar ekan.

Olimlarning ta'kiddlaşiça, yangi yoğoç issiq va quruq havoda alohida ahamiyatga ega böladi, çunki passiv issiq qaytargiç vazifasini bajaradi.

“Biz oddiy yoğoçni olib, uni ösişi yönalişida arralab, unga jigarrang beruvçi pigment ligninini yöqotiş uçun vodorod peroksidi aralaşmasiga botiramiz”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Tyan Li. Asosan sellyulozadan taşkil topadigan oqartirilgan yoğoç mustahkamligini tiklaş uçun presslanadi. Bunday işlangan yoğoçlar tabiiy yoğoçdan 8 marta mustahkamroq böladi. Uning ustiga, u mustahkamligi böyiça pölatdan ham oşadi. Şunday yöl bilan işlov berilgan yoğoç yuklamani yaxşiroq kötaradi va uni tirnaş qiyinroq böladi.

Muhandislar yangi material issiqni qaytariş nuqtai nazaridan qançalik samarali ekanini örganişgan. Arizona ştatining quruq issiq havosidagi sinovlar yangi yoğoç panellari keçasi havo haroratidan 9 daraja, kunduzi esa 4 daraja sovuqroqligini körsatgan. Bu esa quruq va issiq hududlarda havoni sovitiş uçun qöllanadigan energiyaning yaxşi tejalişi hisoblanadi.  

Biroq yangi material bozorga çiqişga hali tayyor emas, çunki hali atmosfera ta'sirlaridan yaxşi himoyalanmagan. Muhandislar uni namga va ultrabinafşa nurlariga barqaror qiluvçi va çirişi oldini oluvçi modda izlaşmoqda. Ular bu maqsadda turli aralaşmalarni sinab körişgan, biroq ulardan qaysi biri yaxşiroqligi va ekologik tozaligi borasida bir töxtamga kelişmagan.