Rossiyaning yoğoçni qayta işlaş korxonalari Özbekistonga mahsulot eksport qilişda logistik qiyinçiliklarga duç keldi, deb yozdi «Vedomosti Severo-Zapad».
Sentyabr oyining boşidan beri Rossiya Şimoliy-Ğarbiy Federal okrugidagi yoğoçni qayta işlaş kompaniyalari öz mahsulotini Qozoğiston orqali tranzit qila olmayapti. Bu holat Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning Rossiyaga qarşi sanksiyalar rejimini qöllab-quvvatlaşini bildirgan bayonotidan keyin yuzaga kelgan.
Rossiya mebel va yoğoç buyumlari işlab çiqaruvçilar uyuşmasining ma’lum qilişiça, bu korxonalar öz mahsulotining qariyb 40 foizini Qozoğiston orqali eksport qiladi. Ukrainada uruş boşlanganidan keyin, Rossiya yoğoç korxonalari öz mahsulotini Yevropaga emas, balki Markaziy Osiyoga sotişni boşladi. Qozoğiston orqali tranzit töxtatilgani bois Rossiya kompaniyalari öz tovarlarini Özbekiston, Qirğiziston va Tojikiston bozorlariga yetkaza olmaydi.
Sankt-Peterburgdagi «Sveza» kompaniyasining rejalaştiriş va logistika böyiça direktori Dmitriy Leontev ta’kidlaganidek, hozir yoğoç yuklangan 69 ta vagonni jönatiş uçun 13 ta ruxsatnoma töplami tasdiqlanişini kutmoqda. Vologda viloyatida joylaşgan «Çerepovetsk faner-mebel kombinati» bir oy içida 40 ta vagon taxta mahsulotlarini jönata olmayapti.
«Plitniy Mir» MÇJ (Komi) rivojlaniş böyiça direktori Aleksandr Gibej qöşimça qildiki, hozirda vaziyat öta oğir darajaga yaqin. «Bizda 2022 yildan beri barça taşqi bozorlardan faqat Markaziy Osiyo qolgan. Ammo sentabr oyida Qozoğiston temiryöl orqali tranzit taşişga çeklovlar kiritgaç, biz Özbekiston va undan taşqaridagi xaridorlarga mahsulot jönata olmayapmiz», dedi u.
«Infoline-Analitiki» boş direktori Mixail Burmistrov sözlariga köra, barça omillarni hisobga olgan holda, mahsulotlarni yaqin kelajakda boşqa mamlakatlarga yönaltiriş ilojsiz – kompaniyalar ta’minotni avvalgidek, Qozoğiston orqali amalga oşirişi kerak, ammo yangi modelga köra.
«Nazariy jihatdan treyding tuzilmalarini öz içiga olgan sxemadan foydalaniş mumkin. Ya’ni, yoğoç mahsulotlar Qozoğistondagi savdo uyiga boradi. Keyin savdo uyi mustaqil ravişda boşqa mamlakatlarga mahsulot jönatadi. Bunday sxema xarajatlarni sezilarli darajada oşiradi, ammo hozirgi vaziyatda boşqa samarali yeçim yöq», deb qöşimça qildi u.

















