Özbekiston 2023 yilda Rossiya yoğoçi uçun 586 million dollar töladi va Xitoydan keyingi ikkinçi yirik xaridorga aylandi. Bu haqda Lenta xabar berdi.
Qayd qilinişiça, sanksiyalarga qaramay, Rossiya yoğoç materiallar eksportini oşirgan. Jumladan, yoğoç eksporti yiliga 2,5 foizga, 2021 yilga nisbatan esa 8,7 foizga oşgan. Yevropa Ittifoqining Rossiyadan yoğoç va yoğoç mahsulotlari importiga embargosi fonida ösiş sekinlaşgan, çunki Yevropa Rossiya yoğoç işlab çiqaruvçilari uçun asosiy eksport bozori edi.
Şu bilan birga, 2023 yilda qimmatbaho daraxt turlarini kesiş hajmi 1,5 million kub metr darajasida saqlanib qolgan - asosan Primorsk (341 ming kub metr) va Xabarovsk (93 ming kub metr) hududlarida va Adigeya Respublikasida (29 ming kub metr).
2023 yil oxirida rossiyalik eksportçilar «döstona mamlakatlarga» yoğoç sotişni köpaytirgan. Ularning xomaşyo yetkazib berişdan olgan daromadi 2021 yilga nisbatan 4 milliard dollar darajasiga yetgan. Comtrade tahlilçilari ma’lumotlariga köra, Xitoy Rossiya yoğoçining asosiy xaridoriga aylangan. Ötgan yili Osiyo davlati Rossiyadan umumiy qiymati 2,4 milliard dollarlik mahsulot xarid qilgan. Özbekiston yoğoç uçun 586 million dollar tölagan holda ikkinçi örinni egallagan.

















