Oliy sud 10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Içki işlar vazirligi mutasaddilari iştirokida bölib ötgan intervyu va jurnalistlar bilan oçiq muloqotga munosabat bildirdi.

Içki işlar vazirligi Boş boşqarma boşliği Badriddin Şorixsiyev Özbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan jurnalistlar bilan oçiq muloqot jarayonida köp bahsli holatlar, aynan propiskadan ötiş jarayonida yuzaga kelayotganligi, Toşkent şahriga propiskaga ötiş, qöpol qilib aytganda, «lazeyka» bölib qolganligi, şunga qaramasdan, köpçilik fuqarolar sudga murojaat qilişayotganligi, sud qaror çiqargandan keyin xodimlari fuqarolarni propiska qilayotganligi, bu masalada yuqori taşkilotlarga ma'lumot kiritilganligi haqida fikr bildirgan.

Ma'lumki, Toşkent şahrida fuqarolarni doimiy propiska qiliş Özbekiston Respublikasining «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Qonuniga asosan tartibga solinadi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar – Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Qonunini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan «Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibi töğrisida»gi Yöriqnoma tasdiqlangan.

Mazkur Yöriqnomaning 4-bandiga köra, doimiy propiska qiliş uçun ariza Toşkent şahri yoki Toşkent viloyati tuman (şahar) Içki işlar boşqarmasi (bölimi)ning migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga taqdim etilişi körsatilgan.

Bu qoida talabidan köpçilik, şu jumladan, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş Boş boşqarma boşliği ham xabardor bölsa kerak? Zero, birinçidan, mazkur qonun va Nizomda fuqaroni Toşkent şahriga sud qaroriga asosan propiska qiliş haqida birorta qoida mavjud emas va sudlar buni yaxşi bilişadi.

Ikkinçidan, amaldagi FPK talabiga köra, sud tomonidan şaxsni turar joyga doimiy propiskaga qöyiş yoki propiskadan çiqariş sudlar vakolatiga kirmaydi, bu Içki işlar organlarining mutloq vakolatiga berilgan.