Özbekistonda 2017 yildan buyon qiynoqlar va boşqa noinsoniy yoki qadr-qiymatni yerga uruvçi muomala şakllarini qöllagan 41 kişi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda boş prokuror örinbosari Erkin Yuldaşev duşanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bölib ötgan brifing vaqtida ma'lum qildi.
«Beş qöl barobar emas. Afsuski, mas'uliyatli lavozimlarda ötirgan barça xodimlarni ham fariştalar deb aytolmayman. Ana şunday savodsiz yoki vijdonsizlarning aybi bilan haligaça tergov ostidagi şaxslarni qiynoqqa soliş holatlari hamon uçrayotgani — juda xunuk holatdir.
Lekin bu jarayon bundan 10 yil oldingi, bundan 15 yil oldingi jarayon kabi emas. Tizimli yondaşuv bor. Hozirgi kunda qiynoqlar va noqonuniy tergov usullari haqidagi xabarlar albatta nazoratga olinadi, maxsus tekşiruvlar ötkaziladi, xabar tasdiqlangan holatda qat'iy çoralar köriladi.
Özbekiston bu masalada özining pozitsiyasini qat'iy va keskin tarzda belgilab olgan. Qiynoqqa soliş va boşqa şu kabi noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgani uçun 2017 yilda 27 nafar, 2018 yilda 7 nafar va 2019 yilning 5 oyida 7 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ular sud qilingan, jazoning muqarrarligi prinsipi ta'minlangan. Ular tergovçi, tezkor vakil va boşqa mansabdor şaxslar.
Har bitta qiynoqqa soliş holati Özbekistonda favqulodda holat sifatida baholanadi, qonunçilikda bunday holatlarning oldini oliş va jazo muqarrarligini ta'minlaş uçun zarur barça mexanizmlar yaratilgan», — deya boş prokuror örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

















