Rossiyalik fazogirlar Çeçenistonda taşkil etilgan maxsus kuçlar universitetida parvozoldi tayyorgarligining bir qismini ötadi. Bu haqda Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov bilan uçraşuvdan keyin fazogirlarni tayyorlaş markazi rahbari Pavel Vlasov ma'lum qildi. 

Vlasovning tuşuntirişiça, fazogirlarni tayyorlaşda maxsus kuçlar jangçilarini tayyorlaş dasturi bilan köp umumiy jihatlar mavjud. Gap fazogirlar belgilanmagan yerga qöngandan keyin, jumladan uşbu vaziyatda toğli hududda duç kelişi mumkin bölgan şaroitlarda omon qolişi haqida bormoqda. Jumladan, fazogirlar va maxsus jangçilar alpinistik, havo-desant tayyorgarligi, yovvoyi muhitda omon qoliş va tibbiy yordam körsatiş kurslariga ehtiyoj sezadilar. Vlasovning ta'kidlaşiça, buning uçun Rossiya maxsus kuçlari universitetining Gudermesdagi bazasi töğri keladi.

“Biz keyingi yildan maxsus paraşyut tayyorgarligini boşlaşimiz mumkin. Bugungi kunda tayyorgarlik turlarini turli muassasalarga taqsimlaşga majburmiz. Bir tadbir bir joyda, boşqasi esa boşqa joyda. Bu yerda esa tayyorgarlikning katta qismini bir joyda ötaşimiz mumkin”, deb aytgan Vlasov. 

Yu.A.Gagarin nomidagi fazogirlarni tayyorlaş markazi delegatsiyasi 18 iyunda Çeçenistonga kelgan. Delegatsiyaning Ramzon Qodirov bilan uçraşuvi vaqtida Çeçeniston rahbari Xalqaro koinot stansiyasi bilan aloqaga çiqqan.