Yangi Zelandiya hukumati 15 mart kuni Kraystçerçdagi masjidlarga hujumlardan keyin taqiqlangan yarimavtomatik qurolni aholidan qayta sotib oliş kampaniyasiga 130 mln dollardan köproq mablağ sarflaydi. Bu haqda “Nyu Zilend gerald” naşri mamlakat politsiya vaziri Styuart Neşga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.
Neşning aytişiça, aholidan yuzlab turdagi qurol, katta siğimli öqdonlar va boşqa öq-dorilarni sotib oliş rejalaştirilgan. Bu maqsadlar uçun budjetda 190 mln Yangi Zelandiya dollari (123 mln dollar) közda tutilgan. Yana 18 mln Yangi Zelandiya dollari (11,6 mln dollar) qurolni yiğib olişga sarflanadi.
Ta'kidlanişiça, politsiya sotib olinadigan qurollar va ularning sotib oliniş narxi körsatilgan röyxatni e'lon qiladi. Qurol uçun taklif qilinadigan narx uning bozor narxining 95 foizgaçasini taşkil qilib, 10 ming Yangi Zelandiya dollarigaça (6,4 ming dollar) yetişi mumkin. Kompensatsiya qiymati qurolning holatiga ham boğliq böladi va u tegişli ruxsati bor kişilargagina tölanadi.
Qurolni yiğiş iyul örtalarida boşlanib, 20 dekabrgaça davom etişi belgilangan. Barça sotib olingan qurol va öq-dori yöq qilinadi.
12 aprelda Yangi Zelandiya hukumati Kraystçerçdagi teraktlardan keyin öqotar qurol aylanmasini tartibga soluvçi qonunçilikning qat'iylaştirilişini e'lon qilgandi. Ayni vaqtda mutasaddi davlat idoralarida öqotar qurolga ega 14,3 ming kişi haqida ma'lumot bor.
















