Interpolning sobiq rahbari, Xitoyning sobiq jamoat xavfsizligi vaziri örinbosari Men Xunvey ustidan Tyanszinda sud jarayoni bölib ötdi. Sud davomida Men Xunvey umumiy qiymati 14,16 mln yuan (2,1 mln dollar) bölgan pora olişdagi aybini tan oldi.

Ta'kidlanişiça, “ayblanuvçi 2005 yildan 2017 yilgaça özining xizmat mavqeidan ğarazli niyatlarda foydalanib, muzd evaziga jismoniy va yuridik şaxslarga yordam körsatgan va uşbu harakatlari uçun ulardan umumiy qiymatda 14 mln yuandan köproq pora olgan”.

“Sud taftişi vaqtida Men Xunveyning aybini isbotlovçi inkor qilib bölmas dalillar keltirildi”, deyilgan xabarda.

Interpolning sobiq rahbari aybini töliq tan olib, qilgan işidan puşaymonligini aytgan. Unga nisbatan jazo hukmi keyinroq e'lon qilinadi. 

2018 yil oktyabrda Interpol prezidenti lavozimini egallagan Men Xunvey Xitoyda ta'tilni ötkazayotgan vaqtda yöqolib qolgan. Keyinroq Xitoy hukumati unga qarşi poraxörlik böyiça tergov olib borilayotganini ma'lum qilgan. Bir neça kun ötgaç Interpolda öz prezidentlaridan iste'foga çiqiş haqida ariza olingani ma'lum qilingan.    

Men Xunvey Interpol prezidenti lavozimini 2016 yil noyabrda egallagan.