Qozoğistonning Air Astana aviakompaniyasining Toşkent-Olmaota reysini bajargan samolyoti germetiklik bilan muammo sababli Çimkentda qönişiga töğri keldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
“Air Astana’ning 22 iyunda Toşkent-Olmaota yönalişi böyiça KS 128 reysini bajargan samolyoti germetiklik bilan muammo sababli Çimkent aeroportida Olmaota vaqti bilan 16:15 da [Toşkent vaqti bilan soat 15:15] qönişni amalga oşirdi”, deyilgan xabarda.
Samolyot ekipaji xavfsizlik qoidalariga binoan eng yaqin aeroportga qönişga qaror qilgan. “Samolyot odatdagi rejimda qöngan. Jabrlanuvçilar yöq. Nosozlikni aniqlaş va bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Yölovçilar “Çimkent-Olmaota” muntazam reysi bilan soat 22:40 da olib ketiladilar”, deb qöşimça qilingan.

















