Markaziy harbiy okrugda (Sibir, Ural va Volgaböyi federal okruglaridagi harbiy qismlarni birlaştiradi) jangovar tayyorgarlik holati kutilmaganda tekşiruvdan ötkazildi. Şu munosabat bilan markaziy harbiy okrug qöşinlari yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holatiga keltirildi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu.
Uning sözlariga köra, tekşiruv Rossiya prezidenti Vladimir Putin qaroriga muvofiq ötkazilgan.
«Uşbu tadbir qurolli kuçlarning terrorizm körinişidagi jiddiy tahdidlar saqlanib turgan Markaziy Osiyodagi harbiy xavfsizlikni ta'minlaş salohiyatini baholaşga qaratilgan», — dedi Şoygu.
Mudofaa vazirining sözlariga köra, şu bilan birga, Janubiy va Şarqiy harbiy okruglardagi ayrim harbiy qismlar, harbiy desant qöşinlari, harbiy transport aviatsiyasi ham jangovar şay holatga keltirilgan.

















