Qozoğistonning Olmaota şahridan Toşkentga va Toşkentdan Olmaotaga poyezd reyslari bekor qilindi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Texnik sabablarga köra, 2019 yil 25 iyun kuni Olmaota - Toşkent - Olmaota yönalişidagi №001/002-sonli poyezd Toşkentga kelişi va undan jönab ketişi amalga oşirilmaydi. Mazkur yönalişlar uçun çiptalarni sotib olgan yölovçilar temir yöl kassalariga yöl hujjatlari (çiptalari)ni taqdim etgan holda ularga çiptalarning qiymati tölaligiça qaytariladi», deyiladi xabarda.

Qozoğistonning Aris şahridagi harbiy qismda joylaşgan öq-dori omborxonasida portlaşlar poyezdlar harakatiga ta'sir qildi. Qozoğistonning «Temiryöl yölovçi taşuvi» kompaniyasi 13ta yölovçi poyezdi, xususan, «Ufa—Toşkent» (№382) va «Samarqand—Nur-Sulton (Ostona)» (№252) poyezdlari qatnovini vaqtinça töxtatgandi.

24 iyunda 44,3 ming kişi yaşaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda öq-dorilar portlaşi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Şahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida bir kişi halok bölgan, 70 dan köproq kişi jarohat olgan, ulardan 15 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Portlaşlar yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Arisdagi portlaşlar tufayli «Ufa—Toşkent» yönalişida harakatlangan poyezd Turkistonda töxtab turgani töğrisida ma'lumot bergan.

«Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yil 24 iyun kuni Qozoğistonning Aris şahridagi favqulodda vaziyat munosabati bilan Ufa şahridan Toşkent şahriga harakatlanayotgan va içida Özbekiston fuqarolari yölovçi va bortprovodniklar bölgan 382-son temir yöl reysi töxtatib qöyilgan. Ayni paytda poyezd Turkiston şahri temir yöl vokzalida turibdi va yönaliş böyiça harakatlanişga ruxsat berilişini kutmoqda.

Vaziyat Boş konsulxona nazoratiga olingan. Poyezd yölovçilariga suv va oziq-ovqat berilmoqda. Poyezdning qaçon harakatni davom ettirişi Aris şahridagi vaziyat barqarorlaşişiga boğliq. 

Konsullik-huquqiy departamenti Qozoğiston hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda Özbekistonning Nur-Sulton şahridagi Elçixonasiga (tel. :  +7-717-295-42-52) yoki Olmaota şahridagi Boş konsulxonasiga (tel. :  +7-727-291-11-78) murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi», deyiladi vazirlik