Qozoğiston janubidagi öq-dori omboridagi yonğinni öçiriş işlari portlaşlar davom etayotganligi sababli töxtab turibdi, deb ma'lum qildi mamlakat içki işlar vaziri Yerlan Turgumbayev.

24 iyunda 44,3 ming kişi yaşaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda öq-dorilar portlaşi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Şahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida bir kişi halok bölgan, 70 dan köproq kişi jarohat olgan, ulardan 15 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Portlaşlar yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan. 

“Kölamlar juda katta va portlaşlar bir neça kun davom etişi mumkin, xavfsizlik maqsadida aholini olib çiqişimiz lozim”, deb aytgandi Turkiston viloyati rahbari Umirzoq Şukeyev kuni keça bölib ötgan matbuot anjumanida.

Toqayev portlaşlardan talofat körgan Aris şahrini tiklaşga va'da berdi