Xalqaro koinot stansiyasi ekipajining 3 a'zosi “Soyuz MS-11” fazoviy kemasi qurilmasida Qozoğiston daştida, Jyezqazğan şahridan 145 km janubroqda qöndi. Bu haqda Moskva viloyatidagi parvozlarni boşqariş markazida ma'lum qilindi.
Yerga Roskosmos fazogiri Oleg Kononenko, NASA va Kanada koinot agentligi astronavtlari Enn Makkleyn va David Sen-Jak fazoda 204 kun bölgandan keyin qaytgan.

Kema XKSdan 25 iyun Toşkent vaqti bilan soat 04:25 da ajralib, 07:48da qönişni amalga oşirgan. Ta'kidlanişiça, fazogirlar özlarini yaxşi his qilmoqdalar.
YeST POSADKA! «Antaresy» doma! Ekipaj pilotiruyemogo korablya #SoyuzMS11 blagopoluchno vernulsya na Zemlyu spustya 204 sutok polyota!
— ROSKOSMOS (@roscosmos) June 25, 2019
Translatsiya — https://t.co/ip4MnegEqX
//
TOUCHDOWN! Welcome home, Oleg, Anne and David!#SoyuzMS11: live broadcast — https://t.co/ip4MnegEqX pic.twitter.com/29udbRy3Vc
Ayni vaqtda XKSda rossiyalik Aleksey Ovçinin, amerikalik Nik Xeyg va Kristina Kuk işni davom ettirmoqda.
Koinot stansiyasiga keyingi ekspeditsiya Boyqönğir kosmodromidan 20 iyulda “Soyuz MS-13” kemasida jönatiladi. Yangi ekipaj tarkibiga Roskosmos vakili Aleksandr Skvorsov, NASA va Yevropa koinot agentligi vakillari Endryu Morgan va Luka Parmitano (Italiya) kiradi.

















