Özbekiston hukumatining 25 iyundagi qarori bilan Toşkent şahrida Vestminster xalqaro maktabi taşkil etildi.
Qaror bilan maktab faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari belgilandi.
«Iqtidorli bolalarni aniqlaş, tanlaş va öqitiş, gumanitar, tabiiy va aniq fanlarni çuqurlaştirilgan holda örganişni taşkil etiş, öquvçilarga çet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini örgatiş, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş şular jumlasidan», – deyiladi «Huquqiy axborot» kanali ma'lumotida.
Maktab nodavlat ta'lim muassasasi hisoblanib, unda ta'lim jarayoni xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda işlab çiqilgan öquv rejalari va dasturlari böyiça ingliz tilida olib boriladi.
Maktab bitiruvçilariga ta'lim töğrisidagi davlat namunasidagi hujjat (şahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalariga kiriş imkonini beruvçi xalqaro darajadagi dasturlarning diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi.
Maktabga qabul qiliş tartibi va qoidalari xorijiy hamkorlar bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Ta'lim maktab tomonidan belgilanadigan tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

















