Huquqni muhofaza qiliş organlari Prezident Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati 20-majlisida Ustyurt GKM qurilişida 80 mln dollar pora olingani töğrisida bergan bayonoti böyiça iş boşladi. 

«Mustaqil bölganimizdan beri neft-gaz sohasidagi loyihalarning 50 foizi pora bilan bölib kelgan. Birgina Surğil neft-gaz loyihasi uçun (Surğil konidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasi — tahr.) bir amaldor 80 million dollar olgan! », – degandi Mirziyoyev.

«Özbekneftgaz» boşqaruvi raisi Bahodir Siddiqov mazkur faktni «tasdiqlaş uçun asosi yöqligini» aytdi.

«Bu masalada davlat rahbarining bayonoti bölsa, demak unda yetarliça dalillar bor va tabiiyki bu böyiça tegişli çoralar köriladi. Bilişimizça, huquqni muhofaza qiliş organlari bu masala bilan şuğullanişni boşlagan», – dedi Siddiqov jurnalistlarga.