Piyoda yuriş – A nuqtadan B nuqtaga harakatlaniş usuligina emas. U sizga köproq narsa berişi mumkin, deydi Layfxaker.

1. Kayfiyatni kötaradi
Sayrlar kayfiyatni kötaradi, ayniqsa, sportzalda emas oçiq havoda bölganida. Bundan taşqari, u depressiyada yordam beruvçi vosita sanaladi.
2. Ijodkorlikni oşiradi
Agar ilhomni yöqotib qöyib, uni qanday qilib qaytarişni bilmasangiz yoki ğoyani hayotga mos loyihaga aylantirişga intilayotgan bölsangiz, sayrga otlaning. Piyoda yuriş fikrlaşning konvergent va divergent turlarini yaxşilaydi. Aynan ular ijodkorlik bilan boğliq.
3. Allergiyaga qarşi kuraşişda yordam beradi
Allergiya mavsumida uni qözğatuvçilardan himoyalaniş, aksiriş, köz yoşi va qiçişişlardan xalos böliş uçun uyda “yaşirinib oliş” istagi paydo böladi. Biroq olimlar bu strategiyani qöllab-quvvatlaşmaydi. Tadqiqot natijalariga köra, yuriş va yuguriş allergiya belgilarining oldini oladi.
4. Metabolik sindrom ehtimolini kamaytiradi
Metabolik sindrom – yuqori qon bosim, qondagi qand miqdorining yuqori darajasi, ortiqça vazn kabilarni öz içiga olgan salomatlik bilan boğliq muammolar majmuasi. U diabet, yurak qon-tomir kasalliklari, erta ölim darakçisidir. Metabolik sindrom ötiriş holatidagi turmuş tarzi sababli paydo böladi. Unga qarşi samarali va bepul vosita – aerobika maşqlari mavjud.Tez-tez yuriş soğliq uçun kuraşda a'lo usulga aylanadi.
5. Umrni uzaytiradi
Kundalik maşğulotlar umrni yetti yilga uzaytirişda yordam beradi. Qöşimça yillarni zavq bilan yaşaş ehtimoli yuqori, çunki piyoda yuruvçi kişilar özlarini baxtli his etişadi.
6. Tejaşda yordam beradi
Fitnes-klub abonementi va trener bilan ötkaziladigan maşğulotlar qimmat bölişi mumkin. Piyoda yuriş uçun esa heç qanday qöşimça anjomlar kerak emas. Hatto maxsus oyoq kiyim uçun ham pul sarflaşning hojati yöq. Özingizda mavjudlaridan eng qulayini tanlaşning özi kifoya.

















