AIBA prezidenti mansabidan vaqtinça iste'foga çiqqan Ğofur Rahimov bu lavozimni butkul tark etişi mumkin. Payşanba kuni AIBA Ijroiya Qömitasi taşkilot Nizomiga özgartiriş kiritiş orqali uning bu postga qaytiş huquqini bekor qildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Ijroqömning rossiyalik a'zosi Umar Kremlevga asoslangan holda.
Xabarda aytilişiça, Ijroqöm Rahimovga xat yöllab, uni taşkilot prezidenti lavozimidan butkul iste'fo berişga çaqirgan.
AIBA Ijroqömi, şuningdek, 15 noyabr kuni Lozannada navbatdan taşqari Kongress ötkaziş va unda taşkilotga yangi rahbarlar saylaş taklifini yoqlab ovoz bergan.
Mazkur qarorlar Xalqaro Olimpiya Qömitasi AIBA`ni Olimpiadaning boks böyiça musobaqalaridan çetlaştirgani fonida qabul qilinmoqda.
Seşanba kuni XOQ AIBA`dagi moliyaviy muammolar va uning rahbariyati bilan boğliq mojaro sababli jahon havaskor boksining boş taşkilotini Olimpiadaning boks turniri va unga saralaş musobaqalarini taşkil etiş vakolatidan mahrum etgan edi. Çorşanbada esa AIBA`ning XOQga a'zoligi töxtatib qöyildi.
Reuters ma'lumotiga köra, Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi 16 mln dollar qarzga botgan.
AIBA Ijroqömi a'zosi, Rossiya boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kremlev mazkur muammolarni bartaraf etişni va'da qilgan Ğofur Rahimovni yolğonçilikda aybladi.

«Bugun biz birlaşib, jiddiy qarorni qabul qildik – qarzlarni yopişi va XOQ bilan til topişa olişini aytib, butun boks olamini aldagan insondan qutuldik.
Ğofur Rahimov AIBA`ni bankrotlik yoqasiga keltirib qöydi. U butun boks jamoatçiligidan uzr söraşi kerak.
Bugun u qayta olmasligi uçun Nizomdan tegişli bandni çiqarib taşladik va 15 noyabr kuni Kongress majlisini çaqirişga qaror qildik. Unda AIBA`ga yangi rahbariyatni saylaymiz», – degan Kremlevning sözlarini keltirdi Rossiya boks federatsiyasi matbuot xizmati.


















