Çilonzorda boşqaruv kompaniyalari xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari (XUJMŞ) örnini egallaydi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uy-joy kommunal xizmatlari körsatiş sifatini yaxşilaş, davlat-xususiy şeriklik asosida soha korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oşiriş maqsadida Çilonzor tumanida köp qavatli uy-joy binolarini boşqaruv kompaniyalariga biriktiriş böyiça tanlov e'lon qilindi.

Bildirilişiça, tanlov köp qavatli turar joylarni saqlaş, ulardan foydalaniş va ta'mirlaş yönalişida faoliyat yuritayotgan boşqaruv kompaniyalari örtasida ötkaziladi.

Tanlovda köp qavatli uy-joy fondini munosib saqlaş va ularga sifatli xizmat körsatiş uçun boşqaruv kompaniyalari turar-joylar mulkdorlarining işonçli şaxslari bilan birgalikda tanlab olinadi.

Çilonzorda işlaşni xohlovçi boşqaruv servis kompaniyalari tumandagi 4 ta sektordagi köp qavatli uylarga xizmat körsatiş böyiça tanlovda iştirok etişlari mumkin.