Özbekiston - Tojikiston harbiy maşqlari avgust oyi örtalarida ikki mamlakat hududida bölib ötadi: Tojikiston şimoli va Özbekistonning Farğona vodiysida.

Özbekiston va Tojikiston Qurolli kuçlarining navbatdagi qöşma maşqlari ikki bosqiçda ötkaziladi.

«Birinçi bosqiçda ikki davlat askarlari va zobitlari toğli hududlarda özaro harakat qiliş masalalarini işlab çiqadilar, ikkinçi bosqiçda esa bunday hamkorlik tekislikda amalga oşiriladi», - deya xabar berdi «AP» Tojikiston Mudofaa vazirligiga tayangan holda.

Maşqlarga zirhli texnika, aviatsiya, artilleriya vositalari jalb etiladi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning 18-22 sentabr kunlari Özbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari Tojikiston toğli hududlarida şartli terrorçilik guruhlarini yöq qiliş böyiça qöşma maşqlarda iştirok etişgan.