Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi. 

«Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga asosan Hayot Ne'matoviç Şamsutdinov Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği lavozimiga tayinlandi», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Hayot Şamsutdinov şu vaqtgaça Farğona viloyati prokurorining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş va axborot xavfsizligini ta'minlaş böyiça katta yordamçisi sifatida işlab kelayotgandi.

U biroz avvalroq lavozimini tark etgan Surayyo Rahmonova örnida iş boşlaydi.

Bundan avvalroq sönggi vaqtlarda boş prokuratura matbuot xizmati bölib kelgan Surayyo Rahmonova Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Davlat boşqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş bölimi boşliği etib tayinlangani xabar qilingandi.