2018 yil sentyabrda Xitoyda korrupsiyada ayblanib qölga olingan Interpol sobiq rahbari Men Xunveyning rafiqasi Greys Men uşbu taşkilotni Gaaga sudiga berdi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar berdi.

"Interpol oilam himoyasini ta'minlay olmadi va yordam bera olmadi hamda xalqaro huquqqa zid harakat qilgan taşkilot a'zosi – Xitoyning şerigi hisoblanadi", deyiladi Greys Menning bayonotida.

2018 yil oktyabrda Interpol prezidenti Men Xunvey Xitoyda ta'tilni ötkazayotgan vaqtda yöqolib qolgandi. Keyinroq Xitoy hukumati unga qarşi poraxörlik böyiça tergov olib borilayotganini ma'lum qilgan. Bir neça kun ötgaç Interpolda öz prezidentlaridan iste'foga çiqiş haqida ariza olingani ma'lum qilingan.   

Şu yilning iyunida Men Xunvey ustidan Tyanszinda sud jarayoni bölib ötdi. Sud davomida Men Xunvey umumiy qiymati 14,16 mln yuan (2,1 mln dollar) bölgan pora olişdagi aybini tan oldi.