Xizmat burçini bajariş vaqtida fidoyilik körsatgan, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşdek mas'uliyatli vazifalarni vijdonan bajargan Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qöriqlaş boşqarmasi xodimi Dadaxon Xöjayev, Harbiy-texnik instituti kursantlari Javohir Hasanov va Suhrobjon Elmurodov Milliy gvardiya tomonidan hafta qahramonlari deb e'lon qilindi.

D.Xöjayev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi «Bibi Orifa» masjidi hovlisida joylaşgan hovuzga oyoği sirpanib tuşib ketib, çökayotgan bolani qutqarib qolgan.

J.Hasanov va S.Elmurodov öz xizmat vaqtida Toşkent şahar, Olmazor tumani hududida joylaşgan «Şabboda» kafesida kelib çiqqan yonğin oqibatida olov içida qolib ketib, huşini yöqotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan.

Xizmatdoşlariga namuna körsatgan qahramonlar Milliy gvardiya qömondonligi tomonidan munosib rağbatlantirildilar, deyiladi Milliy gvardiya xabarida.