Jizzax viloyatida qurilişi rejalaştirilayotgan atom elektr stansiyasi Özbekiston AES nomini olişi ehtimolga yaqin. Bu haqda «Özatom» agentligi boş direktori Jörabek Mirzamahmudov xabar berdi.
«Nom haqida öylaşga hozirça erta, hali AESni quriş kerak. Katta ehtimol bilan, obekt Özbekiston deb ataladi», - dedi Mirzamahmudov.
Şu bilan birga, u Özbekistondagi birinçi AES uçun eng yaxşi nom böyiça tanlov ötkazilişi mumkinligini istisno qilmadi.
Joriy yilning 29 iyun kuni atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon köli yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot işlarining ikkinçi bosqiçi boşlandi.
Atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlab olingan taxminiy maydonlarda muhandislik-tadqiqot işlarining birinçi bosqiçi yakunlangani haqida avvalroq xabar berilgan edi. Unda Navoiy va Buxoro viloyatlarining Tödaköl suv ombori yaqinidagi 4 ta, Jizzax viloyatidagi Tuzkon köli atrofida joylaşgan 3 ta maydonda ilmiy-tadqiqot işlari olib borilgani va örganişlar natijasida Jizzax viloyatining Tuzkon köli yaqinidagi hudud atom elektr stansiyasi qurilişi uçun maqbul joy sifatida tanlangani e'lon qilindi. Aynan mana şu atom elektr stansiyasi qurilişi uçun tanlangan hududda muhandislik tadqiqot işlarining ikkinçi bosqiçiga start berildi.


















