Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr Interpoldan Christie's auksionida sotilgan Tutanxamon byustini topishda yordam so‘radi
Misr hukumati o‘tgan haftada Qohiraning e'tirozlariga qaramasdan Londondagi auksionda fir'avn Tutanxamonning byusti sotilganidan so‘ng Interpolga yordam so‘rab murojaat qildi.
Balandligi 28 sm bo‘lgan kvarsitdan tayyorlangan uch ming yillik mazkur byust auksionda 5,97 mln dollarga sotildi.
Misr Interpol bu osori atiqani topishda yordam berishiga umid qilmoqda.
Avvalroq Misr hukumati Christie's auksionidan Tutanxamon byustini sotuvdan olib tashlashni talab qilgandi.
Mamlakat tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, qariyb uch ming yillik byust 1970-yillarda Misrdagi ibodatxonadan o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026