Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 iyul kuni avtomobil sanoatini rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xöjayevning sözlariga köra, prezident avtosanoat tarmoğini qöllab-quvvatlaş hamda 1 oktyabrdan bu yerda qöşilgan qiymat soliğiga ötiş jarayonida davlat tomonidan kömaklaşiş çoralarini amalga oşiriş bilan boğliq topşiriqlar bergan. 

“Mamlakat sanoatida avtosanoatning uluşi taxminan 11 foizga teng. Şu nuqtai nazardan tegişli “yöl xaritasi” işlab çiqilgan. Unga binoan, avtomobillar narxini oşirmaslik bilan boğliq asosiy çora-tadbirlar közda tutilmoqda. Agar biz bu narsani körmagan taqdirda, qöşilgan qiymat soliğiga ötiş jarayonida avtomobillar narxi taxminan 13 foizga oşişi kutilayotgandi. Şu jihatdan tegişli çoralar işlab çiqildi.

Birinçidan, mahalliylaştiriş masalasi. Ya'ni, bizda işlab çiqarilayotgan avtomobillarni mamlakat korxonalarida tegişli ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar bilan ta'minlaş. Ikkinçidan, mahalliy yoki xorijiy ta'minlovçilar tomonidan berilayotgan ehtiyot qismlari va asbob-uskunalar tannarxini qayta körib çiqiş hamda uni pasaytiriş çoralari. 

“Yöl xaritasi”ni 1 oktyabrga qadar bajariş hisobiga, şu sanadan qöşilgan qiymat soliğiga ötişda narxlarning oşişini oldini oliş maqsadiga erişamiz”, - dedi Botir Xöjayev.