Tojikiston va Xitoy qurolli kuçlari qöşma maşqlari Tojikistonning Toğli Badaxşon muxtor viloyatida ötkaziladi. Bu haqda «Avesta» Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot markazi rahbari Orif Nozimiyonga asosan xabar berdi.
Uning sözlariga köra, ikki mamlakat qurolli kuçlari bölinmalarining Toğli Badaxşon muxtor viloyatida qöşma maşqlari ötkazilişi joriy yil iyul oyi oxiriga rejalaştirilgan. «Bu Tojikiston-Xitoy birinçi tölaqonli qöşma maşqlari böladi», - dedi Orif Nozimiyon.
«Maşqlar Toğli Badaxşon muxtor viloyati garnizonida ötkaziladi. Maşğulotlarda Tojikistondan harbiy-havo kuçlari, havo hujumidan mudofaa kuçlari va quruqlikdagi qöşinlar iştirok etadi. Şuningdek, mamlakat kuç bloki bölinmalari hamda Toğli Badaxşon muxtor viloyati harbiy garnizoni şaxsiy tarkibining qatnaşişi kutilyapti», - deya qöşimça qilib ötdi Tojikiston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi.
Orif Nozimiyonning xabar berişiça, maşqlarda çegaradagi harakatlar muvofiqlaştiriladi va terrorizmga qarşi kuraşga alohida e'tibor qaratiladi.
Bundan oldin, Özbekiston va Tojikiston harbiy maşqlar ötkazişi ma'lum qilingandi.

















