Şu kunlarda şahar ança gavjum, bekatlar atrofida töp-töp bölib turgan yigit-qizlarni körib, könglingizda havas uyğonadi. Bugun OTMlarga qabul qiliş jarayonida köplab yengilliklar bölayotganligini, jumladan, abituriyentlar faqat hujjatlarning aslini körsatib röyxatdan ötişi va albatta, özi bilan hujjatlarni qaytarib olib ketişi haqida öqiyapmiz, eşitayapmiz. Endi bir dunyo hujjat kötarib poytaxtga bormasligingiz, ortiqça sarf-xarajat, yotoqxona taşvişi, u eşikdan, bu eşikka yugur-yugurlarga çek qöyilişi haqida va'da qilişgan edi.

Xöş, Jizzax şahrida bu borada işlar qanday? Vaziyatni kuzatiş maqsadida dastlab Jizzax şahridagi davlat xizmatlari agentligiga bordik.

Davlat xizmatlari agentligining şahar bölimida uzundan-uzun navbatga turganlarni uçratmadik.

«Har bir xodim hujjatlarini topşirişga kelgan abiturentlarga imkoniyat darajasida sifatli xizmat körsatişga xarakat qilişyapti. 8 iyul sanasigaça 50 nafar abituriyentning hujjatlari qabul qilindi. Aytarli muammolarga duç kelganimiz yöq. Xabaringiz bor, beşta oliy öquv yurtida hujjatlarini röyxatdan ötkaziş imkoni Davlat xizmatlari markaziga ham berilgan. Tölov kvitansiyasi borasida ham muammolar bölmadi hisob», — deydi markaz boş mutaxassisi Jasur Uzoqov.

Jizzax Politexnika institutiga 2019–2020 yili öquv yili uçun bakalavrlar tayyorlaş böyiça umumiy kvotasi 1395 nafar etib belgilangan. Ulardan 342 nafari davlat grantlari böyiça, 1053 nafari esa tölov kontrakt asosida qabul qilinadi. Oliygoh darvozasi yonida turgan yoşlarimizni suhbatga tortamiz.

«Yengillik deysiz, ötgan yilgidek topşirganimiz yaxşi edi. Qayerdan çiqdi şu tölov? Sahardan beri ovoramiz. Şaharning u boşidan bu boşiga borib kelişga töğri kelyapti. Tölov kvitansiyasini körsatmasak, röyxatdan öta olmaymiz. Baza işlamayotganmiş. Qabul komissiyasiga yöllay olmaysiz. 600-navbatdaman, bugun röyxatdan ötişim dargumon. Arnasoy tumanidan kelganmiz. Ertaga kelamiz-da endi, avval şu tölovini hal qilaylik. Bankka borsak, institutga bor deydi, institutda baza işlamayapti, deydi. Undan köra, şu yerda bank şoxobçalarini taşkil qilişsa bölmaydimi? Kunning issiğida yölkira qilib, taksiga çiqib, tölov uçun joy izlab yuribmiz. Yölkira haqini şu banklarga xizmat uçun bersak bölmaydimi? Mana hozir ham içkariga kirsangiz — navbatni körib, huşingiz boşingizdan uçadi. Endi DXAga boringlar deyişdi, öşa yerda tölovni amalga oşiriş mumkin ekan? Işimiz bitsa kelamiz, bölmasa ertaga qoladi. Baza işlasa işimiz ham tez bitarmidi? Vaqt kam qoldi axir», — deydi S.Damirova.