9 iyul kuni Fransiyada Özbekistonning birinçi prezidenti qizi Gulnora Karimovaga tegişli mulklarni musodara qiliş töğrisidagi hukm kuçga kirdi. RFI radiosi xabariga köra, Gulnora Karimovaga tegişli uçta köçmas mulk (Parijdagi kvartira, Sen-Tropedagi villa va Parij yaqinidagi qasr) sotuvidan tuşgan pullar Özbekiston budjetiga qaytarilişi kerak.

Fransuz tergovçilari Gulnora Karimovaga tegişli uçta obekt Société civile immobilière (SCI) — «köçmas mulkni boşqaruvçi kompaniya» nomiga rasmiylaştirilgan bölgani, bu uy-joylar xorij kompaniyalari Özbekiston telekommunikatsiya bozoriga kirişi uçun olingan «korrupsiya pullari» evaziga xarid qilinganini aniqlagan. Pullar Şvetsiya, Rossiya va Niderlandiyada röyxatdan ötgan firmalardan olingan.

Sud tergovçisi Serj Turner hamda Fransiya milliy moliya prokuraturasining prokurori Nikolya Bayyetoning ma'lumotlariga köra, «qora pullar önlab mamlakatlarda» joylaştirilgan. Şu tufayli köplab mamlakatlarga xizmat safarlari uyuştirişga töğri kelgan.

Prokurorning aytişiça, Özbekiston tomonining Karimovaning Fransiyadagi mulklari böyiça qarori şu yili qabul qilingan. Qayd etilişiça, muzokaralar uçun 18 oy vaqt ketgan. U va Serj Turnerning şu yil yanvarida Toşkentga amalga oşirgan safari hal qiluvçi safar bölgan. Bu safar vaqtida pulni qaytarişning yuridik yöllari muhokama qilingan.

«Özbekistonda qabul qilingan sud hukmlari Fransiyada tan olinişi yölini (nisbatan murakkab) ham tanlaş mumkin edi. Şuningdek, Özbekiston hukumati Fransiyada özini jabrlanuvçi sifatida taqdim etişga rozilik berişi va fuqaroviy da'vogar bölişi yengilroq yöl edi. Özbekiston hukumati aynan şu yölni tanladi», deydi muzokaralarda Özbekiston manfaatini himoya qilgan advokat Stefan Sekkaldi.

26 iyun kuni «aybni tan oliş borasidagi kelişuv» rasmiylaştirilgan, 9 iyul kuni esa mazkur jarayonga oid apellyatsiya muddati çiqdi. Endilikda uşbu uçta köçmas mulk obektlari rasman musodara qilingan hisoblanadi.

Sekkaldining sözlariga köra, «musodara qilingan mulklar (Fransiyada) boşqa davlatga tovon sifatida berilmaydi, Özbekiston faqat ularning sotuvidan tuşgan pulni olişi mumkin».

Bunday savdolar AGRASC (Fransiyaning olib qöyilgan va musodara qilingan aktivlarni qaytariş bilan şuğullanuvçi agentligi) nazorati ostida amalga oşiriladi. 

Ma'lum bölişiça, Parijdagi kvartira joriy yilning bahorida kimoşdi savdolari orqali 14 million yevroga sotib yuborilgan. Bundan taşqari 2 million yevro tergov uçun sarflangan xarajatlar kompensatsiyasi uçun olib qolinadi.