Özbekiston atom elektr stansiyasining yana ikkita energoblokini qurişga qaror qildi. Bu haqda respublika energetika vaziri Alişer Sultonov Kun.uz’ga intervyuda xabar berdi. Avvalroq, «Rosatom» (RF) faqat ikkita energoblokdan iborat kompleksni qurişi ma'lum qilingandi.

Özbekistondagi birinçi AES har biri 1 200 MVt quvvatga ega «3+» avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli energoblokdan iborat böladi. Birinçi energoblokni 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilmoqda, ikkinçisi - 2030 yil. Özbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi uçun quriliş maydonçasini aniqladi. Bu Jizzax viloyatining Tuzkon köli yaqinidagi hudud böladi.

«Bizda 1200 MVt.dan ikkita blok, söng yana ikkita blok böladi. Maydonça u yerda törtta blokni joylaştiriş hisobidan kelib çiqib tanlanmoqda», – dedi Sultonov. 

Keyingi ikkita blokka kamroq vaqt ketadi hamda nisbatan ozroq xarajatlarni talab qiladi. Sababi, infratuzilma yölga qöyilib, mexanizm işga tuşgan böladi, deya qöşimça qilib ötdi vazir.

«AES quriş böyiça biz keçikdik. 15-20 yilga keçikdik. Buni prezident ham bir neça bor aytdi. Biz ötgan vaqt davomida juda köp kadrlarni yöqotdik, ilm-fanni, yadro fizikasini butunlay yöqotib qöyişimiz mumkin edi. Tadqiqot reaktorimiz yopiliş arafasida edi. Prezidentimiz sa'y-harakati bilan bu saqlab qolindi», – deya ta'kidlab ötdi vazir.

«Albatta, yadro qurilmalari uçun tabiiy resurslar - uranga ega bölgan holda, mamlakatda AES quriş masalasini körib çiqmaslik xato bölgan bölardi», – deya hisoblaydi u.

Sultonovning qayd etişiça, AES qurilişi masalasi juda çuqur öylangan, u bir lahzada qabul qilinmagan. «Uni xalq muhokamasiga çiqarişdan avval juda çuqur tahlil qilindi. Biz bir yarim - ikki yil davomida maslahatlaşdik. Ularda atom energetikasini rivojlantiriş strategiyasi belgilandi», – dedi suhbatdoş.

Uning sözlariga köra, bu Özbekiston energetik sohasida revolyutsion özgarişdir.

«Bu stansiyalarni quriş masalasi hozirgi kunda juda dolzarb. Stansiyada eng arzon energiya işlab çiqariladi va u uzoq muddat davomida kafolatlangani böladi. Bu bizning farzandlar va nabiralar ham şuğullanadigan loyiha», – dedi Sultonov.

Bundan oldin, Jizzax viloyatida qurilişi rejalaştirilayotgan atom elektr stansiyasi Özbekiston AES nomini olişi ehtimolga yaqin ekani