10 iyul kun Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasining 2019 yil birinçi yarmidagi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda oliy ta'lim muassasalaridagi poraxörlik masalasi ham muhokama etildi.
Huquq himoyaçisi Nodira Böldiyevaning qayd etişiça, Özbekistondagi bir qator oliygohlarda, xususan, Buxoro muhandislik va texnologiyalar instituti, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, bir qator OTMlarning yuridik fakultetlarida talabalardan pora talab etiş holatlari uçraydi. Ammo universitetda ta'qibga duç kelişdan qörqqan talabalar öqituvçini «tutib beriş»dan hayiqadi.
Oliy ta'lim vazirligi boşqarma boşliği Otabek Bozorov mazkur holatga öz munosabatini bildirdi. «Hammamiz korrupsiya bor ekan, deymiz. Bundan xabarimiz bor. Lekin heç kim amaliy harakat qilmaydi, taklif bermaydi.
Mamlakatda antikorrupsion tizimni yölga qöyiş maqsadida oltita yönalişda kommissiya iş olib boryapti. Şu yönalişlardan biri ta'limdagi korrupsiya. Oliygohlarda pora oldi-berdisi bölişini bilamiz. Lekin aynan kim pul olayotganini nega talabalar aytmaydi? Qaysi öqituvçi qança pul olayotganini biz fol oçib bila olmaymiz-ku. Jamoatçilik nazorati bölişi kerak. Falonçi pora olayotgan bölsa kerak, degan faraz bilan birovni tutib ololmaymiz», — dedi u.
Şuningdek, anjumanda ma'lum qilinişiça, Rossiyaning Uzoq şarq federal universitetida tahsil oluvçi özbekistonlik talabalar u yerdagi özlariga nisbatan noqonuniy mexanizmlardan jabr körmoqda. «U yerda neft va gaz fakultetida tahsil oluvçi özbek talabalari uçun yozilmagan talab bor. «Içki tartib» böyiça talabani boşqa fakultetga ötkazişga harakat qilişadi. Istamaganlarni esa imtihonlardan yiqitib, universitetdan haydaşga urinişadi. Kursdan qoldiriş, heç qanday sababsiz bahoni qöymaslik hollari ham uçraydi. Bu talabalarning huquqini kim muhofaza qiladi?» ─ deydi anjumanda iştirok etgan inson huquqlari böyiça taşkilot vakili.
Zayniddin Nizomxöjayevning qayd etişiça, Özbekistonning Rossiya federatsiyasidagi elçixonasida bu masala kötarilmagan. «Köpinça konsullik va elçixonalarning ziddiyatli holatlarda fuqarolarga yordam bera olmasligiga çet elga ketganlarning özi sabab bölib qoladi. Öqişga kirgan deb hujjatlarini rasmiylaştirgan, lekin özi öqişga qatnamaganlar ham bor. Çet elga öqişga borgan talabalar Özbekiston konsulligiga borib, röyxatdan ötişi şart. Röyxatdan ötmasa, konsul kim qayerda ekanligini bilmaydi. Bu fuqaro bilan muammo yuzaga kelganda esa uni himoya qiliş ança murakkablaşadi. Ular konsullik bilan muloqotni saqlab turgan bölsa, haq-huquqini himoya qiliş mumkin böladi», — dedi u.

















